1 tonnalik dengiz fili 5 yildan beri barchani hayratga solmoqda

Avstraliyaning Tasmaniya orolida yashovchi qariyb 1 tonna vaznga ega Nil laqabli dengiz fili so‘nggi besh yildan beri muntazam ravishda qirg‘oqqa chiqib kelmoqda. Okean sayohatlaridan so‘ng dam olish va junini almashtirish uchun quruqlikka chiqadigan bu hayvon yo‘llarni to‘sib qo‘yishi, belgilar va konuslarni ag‘darishi hamda maysazorlarda uxlab qolishi sababli tez-tez ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinadi.
Avstraliyaning Tasmaniya orolida yashovchi Nil laqabli, qariyb 1 tonna vaznga ega dengiz fili so‘nggi besh yildan buyon muntazam ravishda qirg‘oqqa chiqib, mahalliy aholi va sayyohlarning e’tiborini tortib kelmoqda. U uzoq davom etadigan okean sayohatlaridan so‘ng quruqlikka chiqib dam oladi hamda junini almashtiradi.
Nilning tashriflari odatda kutilmagan holatlarga sabab bo‘ladi. U ba’zan yo‘llarni to‘sib qo‘yadi, yo‘l belgilari va konuslarini ag‘daradi, odamlar yaqiniga bemalol boradi, hatto uylar oldidagi maysazorlarda cho‘zilib uxlab qoladi. Shu bois u tez-tez ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinadigan qahramonga aylanadi.

Mutaxassislar Nil tashqi ko‘rinishidan beozor tuyulsa-da, u baribir yovvoyi hayvon ekanini eslatmoqda. Shuning uchun fuqarolarga unga yaqinlashmaslik tavsiya etiladi. Rasmiylar esa har safar uni ehtiyotkorlik bilan yana qirg‘oq tomon yo‘naltirish choralarini ko‘rib kelmoqda.






























Izohlar 0
…