Rossiya odamlarni kriosaqlash bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turibdi

Rossiyaning «KrioRus» kompaniyasi kelajakda qayta tiriltirish umidida 109 kishining tanasi yoki miyasini o‘ta past haroratda saqlamoqda. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, ularning 31 nafari xorijiy davlatlar fuqarolaridir. Bu haqda Moskva 24 xabar berdi.
2026 yil 13 oktyabrda e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, kriosaqlashdan o‘tkazilgan odamlar soni bo‘yicha AQSH 566 kishi bilan birinchi o‘rinda turadi. Rossiya esa 109 kishi bilan ikkinchi pog‘onani egallagan.
Kriosaqlash — inson vafotidan keyin uning tanasi yoki miyasini kelajakda qayta tiklash imkoniyati paydo bo‘lishiga umid qilib, juda past haroratda saqlash usuli. Jarayonda odatda suyuq azotdan foydalaniladi va harorat −196 darajagacha tushiriladi.

Biroq bu usul insonni qayta tiriltirish imkonini berishi hozircha ilmiy jihatdan isbotlanmagan. Zamonaviy tibbiyotda kriosaqlashdan o‘tkazilgan inson tanasi yoki miyasini qayta tiklab, hayotga qaytarish texnologiyasi mavjud emas. Kelajakda bunday imkoniyat paydo bo‘lishi ham kafolatlanmagan.






























Izohlar 0
…