AQSHda attraksiondan erkak tushib ketib halok bo‘ldi, 9 tasi yopildi

AQSHning Jorjiya shtatidagi Six Flags ko‘ngilochar bog‘ida 42 yoshli erkak attraksiondan tushib ketib, halok bo‘ldi. Fojia 12 oktyabr kuni sodir bo‘lgan. Bu haqda BBC xabar berdi.
Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, Hassan Jihad Ibn Karim roller-koster harakatlanayotgan vaqtda o‘rindig‘idan uchib ketgan va yerga qulab, halok bo‘lgan. Hozirda hodisa sabablari o‘rganilmoqda.
Voqeadan keyin Six Flags kompaniyasi xavfsizlikni tekshirish maqsadida AQSH va Kanadadagi to‘qqizta attraksion ishini vaqtincha to‘xtatdi.
Hodisa aynan qaysi attraksionda yuz bergani rasman ma’lum qilinmagan. Biroq guvohlar va havodan olingan tasvirlarda parkdagi baland tezlikli Goliath roller-kosteri to‘xtab qolgani ko‘ringan.
2006 yilda ochilgan Goliath attraksionining balandligi 60 metr bo‘lib, u soatiga 112 kilometrgacha tezlikda harakatlana oladi.
Hodisa yuzasidan politsiya va Jorjiya shtati mas’ul idoralari tekshiruv olib bormoqda. Six Flags kompaniyasi marhumning yaqinlariga hamdardlik bildirgan.






























Izohlar 0
…