Fransiyada namoyishlar avj oldi: Dior va Louis Vuitton do‘konlari talon-toroj qilindi

Fransiyada namoyishlar avj oldi: Dior va Louis Vuitton do‘konlari talon-toroj qilindi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Fransiyada hukumatga qarshi ommaviy namoyishlar davomida Dior, Louis Vuitton, Celine, Hermès kabi taniqli brendlarning do‘konlari, shuningdek, texnika do‘konlari, novvoyxonalar va supermarketlar talon-toroj qilindi.
  • Parijda CELINE, Dior, Burberry va Louis Vuitton savdo nuqtalariga zarar yetkazilgan, kosmetika va telekommunikatsiya do‘konlaridan mahsulotlar o‘g‘irlangan.

Fransiyada hukumatga qarshi ommaviy namoyishlar vaqtida Dior, Louis Vuitton, Celine va boshqa taniqli brendlarning do‘konlariga hujum qilinib, mahsulotlar olib ketildi. Bu haqda “LiFO” nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 17 oktyabr kuni mamlakatning bir nechta shahrida norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tgan. Ayrim guruhlar yuzaga kelgan vaziyatdan foydalanib, savdo nuqtalariga bostirib kirgan. Hodisalar faqat qimmatbaho mahsulotlar sotiladigan do‘konlar bilan cheklanmay, texnika do‘konlari, novvoyxonalar va supermarketlarda ham kuzatilgan.

Parijda CELINE, Dior, Burberry va Louis Vuitton brendlariga tegishli savdo nuqtalariga zarar yetkazilgan. Respublika maydoni yaqinidagi kosmetika do‘konining vitrinasini sindirgan shaxslar ichkaridagi mahsulotlarni tashqarida to‘plangan odamlarga uloqtirgan. Telekommunikatsiya do‘koniga bostirib kirganlar esa telefonlarni ko‘chaga otgan.

Shuningdek, Respublika maydonidagi markaziy yodgorlik turli yozuvlar bilan qoplangan, maydon qoplamasidagi toshlarning bir qismi ko‘chirilgan. “La Barrique” barida yong‘in chiqqan. Yaqin atrofdagi supermarketdan olib chiqilgan spirtli va gazlangan ichimliklar esa politsiya xodimlariga qarata otilgan.

Tartibsizliklar Marsel, Lill va Nitssa shaharlarida ham qayd etilgan. Marselda Hermès do‘koni hamda zargarlik buyumlari, kiyim-kechak, kosmetika va maishiy texnika sotiladigan savdo nuqtalariga zarar yetkazilgan. Poyabzal do‘konida yuzaga kelgan yong‘inni o‘chirish uchun o‘t o‘chiruvchilar chaqirilgan.

Lill shahrida esa savdo obyektlarida vandalizm holatlari kuzatilgan. Shahar meri Arno Delandning ma’lum qilishicha, shaxslar markazdagi Apple Store do‘koniga ham bostirib kirgan. Nitssada sport kiyimlari do‘konlari va mototsikl savdosi bilan shug‘ullanuvchi markaz talon-toroj qilingan.

Dastlab maktablardagi ta’lim sharoitlarini yaxshilash talablari bilan boshlangan namoyishlar keyinchalik hukumatga qarshi keng ko‘lamli norozilik harakatiga aylangan. Namoyishchilar, asosan, yashash xarajatlarining oshishi va aholiga tushayotgan iqtisodiy bosimdan norozi ekanini bildirmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar