Filippinda ukoldan qo‘rqqan bolakay azon ayta boshladi (video)

Filippinda ukoldan qo‘rqqan bolakay azon ayta boshladi (video)

Filippinda emlanayotgan bolakayning ukol vaqtida azon aytayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Teytey ismli bolaning g‘ayrioddiy harakati ko‘plab foydalanuvchilarning e’tiborini tortib, ularning kayfiyatini ko‘tardi. Bu haqda Sinjali xabar berdi.

Videoda hamshira bolaga ukol qilayotgan paytda uning baland ovozda azon aytayotganini ko‘rish mumkin. Bolakay, jumladan, islomdagi shahodat kalimasining «Ashhadu alla ilaha illalloh» qismini takrorlaydi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan lavha foydalanuvchilar orasida turli munosabatlarga sabab bo‘ldi. Ayrimlar bolaning samimiy harakatini olqishlagan bo‘lsa, boshqalar uning ukol paytidagi holatini kulgili deb topdi.

Video joylangan post 1,4 milliondan ortiq layk to‘plagani xabar qilinmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar