Xitoyda bolakay 4 metr balandlikdan qulab, yengil jarohat bilan qutuldi

Xitoyning Xunan provinsiyasida 7–8 yoshlar atrofidagi bolakay velosipedda ketayotib, 3–4 metr balandlikdan qulab tushdi. Voqea 19 sentyabr kuni Yunyong shahrining Lanshan tumanida sodir bo‘lgan. Bu haqdaThe Paper xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, bolakay velosipedda harakatlanayotib boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetidagi devorga urilgan. Zarba oqibatida u devor ortidagi balandlikdan pastga qulab tushgan.
Yaxshiyamki, bola qalin o‘t-o‘lan va toklar o‘sgan yumshoq joyga tushgan. Bu uning yiqilish zarbasini sezilarli darajada kamaytirgan. Bolakay voqeadan so‘ng o‘zi o‘rnidan turib, yuqoriga qaytib chiqqan.
Mahalliy aholining aytishicha, bola jiddiy jarohat olmagan, faqat tanasida yengil tirnalishlar bo‘lgan. Voqea kuzatuv kamerasiga ham tushgan.






























Izohlar 0
…