Afg‘onistonda 58 nafar farzandi bor ota oilasini boqishda qiynalmoqda

Afg‘onistonda 58 nafar farzandi bor ota oilasini boqishda qiynalmoqda

Afg‘onistonning Uruzgon viloyatida yashovchi Muhammad Sodiq to‘rt nafar xotinidan 58 nafar farzand ko‘rgan. Biroq katta oilani moddiy ta’minlash, bolalarini oziq-ovqat bilan ta’minlash va ularning ta’lim olishi uchun sharoit yaratish unga oson bo‘lmayapti.

BBC xabariga ko‘ra, 57 yoshli Muhammad Sodiq avtomobil savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonada ishlaydi. Uning aytishicha, mashina sotilganda taxminan 1 000 afg‘oniy daromad oladi. Bu esa katta oilaning barcha ehtiyojlarini qoplash uchun yetarli emas. Shu sababli ayrim farzandlari ham oilaga yordam berish uchun qog‘oz va plastmassa yig‘adi.

Oilada odatda kuniga ikki mahal ovqat tayyorlanadi. Yashash sharoitlari ham ancha og‘ir: ba’zan olti-yetti kishi bitta yupqa ko‘rpa ostida uxlashiga to‘g‘ri keladi.

Loy va toshli g‘orda turli xil ro‘zg‘or buyumlari va qoplar tutun ichida yotibdi.

Muhammad Sodiq farzandlarining barchasiga ta’lim berishga harakat qilganini, ammo buning uchun ham mablag‘ yetishmasligini aytgan. U bolalarining ismlarini doim ham eslay olmasligi sababli ularni ko‘pincha shunchaki «o‘g‘lim» yoki «bolam» deb chaqirishini bildirgan.

Otaning aytishicha, u ko‘p farzandli bo‘lishni diniy e’tiqodi bilan bog‘laydi. Hozirda esa uning asosiy istagi — farzandlarining ta’lim olishi va oilasida oziq-ovqat yetarli bo‘lishi. Shu bois u hukumat, xayriya tashkilotlari va tadbirkorlardan yordam so‘ragan.

Eshiklari matolar bilan to‘silgan qadimiy loydan yasalgan uylar qatori.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar