Trampdan Makronga keskin ogohlantirish: “Parij musulmonlar shahriga aylanadi”

Trampdan Makronga keskin ogohlantirish: “Parij musulmonlar shahriga aylanadi”

AQSH prezidenti Donald Tramp Fransiyaning immigratsiya siyosatini tanqid qilib, mamlakat rahbari Emmanuel Makronni avvalroq bu borada ogohlantirganini aytdi. Uning fikricha, Yevropadagi tartibsizliklarning asosiy sabablaridan biri immigratsiya bilan bog‘liq.

19-oktyabr kuni jurnalistlar bilan suhbatda Tramp Fransiya dunyoning turli mamlakatlaridan kelayotgan muhojirlarni qabul qilish orqali katta xatoga yo‘l qo‘yayotganini ta’kidladi.

“Men Makronni ancha oldin ogohlantirganman. Fransiya dunyoning turli mamlakatlaridan odamlarni qabul qilib, katta xato qilmoqda. Parij tez orada musulmonlar shahriga aylanadi”, — dedi AQSH prezidenti.

Tramp, shuningdek, Yevropa davlatlarini chegara nazoratini kuchaytirishga chaqirdi. Uning ta’kidlashicha, noqonuniy muhojirlar va jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilmasa, mintaqa jiddiy muammolarga duch kelishi mumkin.Ushbu bayonot Trampning Yevropa immigratsiya siyosatiga nisbatan tanqidiy pozitsiyasini yana bir bor namoyon etdi. Biroq Parijning kelajakdagi demografik o‘zgarishlari haqidagi fikr uning shaxsiy siyosiy bayonoti bo‘lib, uni tasdiqlangan fakt sifatida qabul qilmaslik lozim.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar