Saida Mirziyoyeva Ashxobodda Turkmaniston va Ozarbayjon vakillari bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Ashxobodda Turkmaniston va Ozarbayjon vakillari bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida Turkmanistonning G‘amxo‘rlikka muhtoj bolalarga yordam ko‘rsatish xayriya jamg‘armasi vitse-prezidenti Oguljahon Atabayeva hamda Ozarbayjonning Haydar Aliyev jamg‘armasi vitse-prezidenti Laylo Aliyeva bilan uchrashdi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Saida Mirziyoyevaning ta’kidlashicha, uch tomonlama muloqotlar yaxshi an’anaga aylanib bormoqda. Uning har birida umumiy g‘oyalar boyib, hamkorlikda yangi loyihalarni amalga oshirish uchun imkoniyatlar paydo bo‘lmoqda.

«Muloqotlarimiz yaxshi an’anaga aylanib qoldi. Har safar fikr almashganimizda umumiy g‘oyalarimiz boyib, hamkorlikda yangidan-yangi loyihalar yuzaga kelmoqda», — deb yozdi u.

Prezident Administratsiyasi rahbari O‘zbekiston, Turkmaniston va Ozarbayjonni ko‘p asrlik do‘stlik, o‘zaro ishonch va mushtarak qadriyatlar bog‘lab turishini qayd etdi.

O‘zbekiston, Turkmaniston va Ozarbayjon bayroqlari oldida uch ayol birga turibdi.

«Uchrashuvlarimiz bundan keyin ham faqat yaxshilikka xizmat qilishini, odamlarga nafi tegadigan ezgu amallarga aylanib, mamlakatlarimizni bir-biriga yanada yaqinlashtirishini istardim», — dedi Saida Mirziyoyeva.

Ma’lumot uchun, uchrashuv 20 oktyabr kuni Ashxobodda bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, Saida Mirziyoyeva, Oguljahon Atabayeva va Laylo Aliyeva xalqaro «MAMA — Ona tabiat» san’at ko‘rgazmasi bilan bog‘liq tadbirlarda ishtirok etdi.

Uch ayol hashamatli oq zalda katta dumaloq stol atrofida o‘tiribdi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar