08:30 / 01.09.2018
3 526

Olimlar Yupiterda suv borligini aniqlashdi

Olimlar Yupiterda suv borligini aniqlashdi
Amerikalik olimlar guruhi Yupiterdagi Katta qizil dogʻ deb nomlanuvchi atmosfera boʻronida koʻp miqdorda suv borligini aniqlashdi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.

Tadqiqotchilar Qizil dogʻni kuzatgan NASA IRTF infraqizil teleskopi va Keck 2 (Gavayi) teleskopi maʼlumotlarini tahlil qilib chiqishdi. Maʼlum boʻlishicha, boʻron uch qavatli bulutdan iborat boʻlib, ularning eng yuqori qatlami 5-7 atmosfera bosimiga ega. Olimlarning soʻzlariga koʻra, u muzlagan suv kristallaridan tashkil topgan deb hisoblash uchun barcha asoslar yetarli.

Agarda 2016 yildan buyon sayyora atmosferasini oʻrganayotgan Juno sayyoralararo xalqaro stansiyasi mazkur kuzatuvlarni tasdiqlasa, u holda Saturn, Uran va Neptundan ham suv qidirish ishlarini boshlash mumkin.

Quyosh tizimidagi eng ulkan atmosfera boʻroni boʻlgan Katta qizil dogʻning uzunligi 40 va eni 13 ming kilometrni tashkil etadi. Olimlar mazkur hodisani soʻnggi 300 yildan buyon kuzatib kelishadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar Yupiterda suv borligini aniqlashdi