Joze Mourinyu Rodri transferi va Real Madridning qiziqishiga izoh berdi

Joze Mourinyu Real Madrid Rodri bilan shartnoma imzolash uchun jiddiy harakat qilgani, biroq futbolchining ikkilanishlari klub pozitsiyasiga ta'sir qilganini aytdi. Murabbiyning so'zlariga ko'ra, u yarimhimoyachi bilan shaxsan ikki bor muloqot qilgan va unga jozibador moliyaviy hamda sport shartnomasini taklif etgan. Mourinyu Rodri istisno darajadagi futbolchi ekanini ta'kidlab, unga eng yaxshi tilaklarini bildirdi.
Madridning Real klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyu yarimhimoyachi Rodri bilan bogʻliq vaziyat va uning kataloniyaliklar safiga oʻtishi mumkinligi haqidagi xabarlarga oʻz munosabatini bildirdi. El Chiringuito nashriga bergan intervyusida portugaliyalik mutaxassis poytaxt klubi ushbu jahon chempionini oʻz safiga qoʻshib olish uchun jiddiy harakat qilgani, biroq futbolchining ikkilanishlari klub pozitsiyasiga taʼsir qilganini taʼkidladi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Maʼlumki, Toni Kroos va Luka Modrich davri yakuniga yetgach, koʻpchilik mutaxassislar Rodrini Real Madrid maydon markazidagi tempni nazorat qiluvchi ideal nomzod sifatida koʻrayotgan edi. Biroq futbolchining Manchester Siti klubidan Barselona tomon yoʻnalish olishi madridliklar muxlislari uchun kutilmagan holat boʻldi. Shunga qaramay, Joze Mourinyu bu vaziyatni magʻlubiyat sifatida qabul qilmaslikka chaqirdi.
Transferdagi ikkilanishlar va murabbiy pozitsiyasi
Mourinyuning soʻzlariga koʻra, u yarimhimoyachi bilan shaxsan ikki bor muloqot qilgan va Real Madrid futbolchiga juda jozibador moliyaviy hamda sport shartnomasini taklif etgan. “Rodri shubhalandi, ikkilandi va uning bu ikkilanishlari menda ham savollar tugʻdirdi”, – deya tan oldi murabbiy intervyuda.Tajribali mutaxassis Madrid klubining darajasi oʻta yuqori ekanligini, shuning uchun ham jamoaga kelish-kelmaslik haqida oʻylanib qoladigan futbolchilar kerak emasligini ochiq aytdi. Agar qirollik klubidan taklif tushsa, futbolchining munosabati darhol “Qachon kelishim kerak?” degan javobdan iborat boʻlishi lozimligini uqtirdi.
Tarkibga boʻlgan toʻliq ishonch
Goal.com xabar berishicha, shunga qaramay, Joze Mourinyu ispan futbolchisiga nisbatan iliq fikrlarni bildirib, uning klubga nisbatan hurmat bilan yondashganini eʼtirof etdi. “U istisno darajadagi futbolchi va bizga nisbatan juda hurmat bilan muomalada boʻldi. Unga faqat eng yaxshi tilaklarni tilayman”, – dedi murabbiy hazoromuz tarzda raqib jamoa vakiliga omad tilashini qoʻshimcha qilib.Tarkibdagi mavjud futbolchilarning imkoniyatlariga toʻxtalarkan, Mourinyu jamoada markaziy chiziq futbolchilari yetishmayotgani haqidagi iddaolarni qatʼiyan rad etdi. U oʻz ixtiyoridagi mavjud isteʼdodlarga va jamoaning rivojlanish jarayoniga toʻliq ishonishini bildirdi.
Transfer oynasi hali ochiqligiga qaramay, murabbiyning fikricha, hozirgi tarkib uning barcha talablarini toʻlaqonli qanoatlantiradi. “Menga Rodri kerak emas. Bizda futbolchilar yetarli. Transfer oynasi ochiqligini inkor etmayman, biroq bu masala men uchun yopilgan – ha, tamom. Men bu tarkibni chin dildan juda yaxshi koʻraman”, deya yakun yasadi Joze Mourinyu.






























Izohlar 0
…