Yangi prezidentlik vertolyoti - Sikorsky VH-92 Marine One - sinovlar davomida Oq uy Janubiy maysazoriga qo‘ndi. Bu haqdagi foto The Drive tomonidan e’lon qilingan.
Ta’kidlanishicha, VH-92 Marine One nafaqat prezident, uning oilasi va eng yaqin yordamchilariga xizmat ko‘rsatadi, balki kutilmagan vaziyatlarda hukumat ishining uzluksizligini ta’minlash bo‘yicha reja muhim qismidir. Inqiroz vaqtida Marine One vertolyotlari birinchi shaxslarni xavfsiz joyga ko‘chirish uchun mo‘ljallangan.
Avvalroq, 2019 yilga mo‘ljallangan AQSh mudofaa byudjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasida amerikalik harbiy xizmatchilar ish haqini jiddiy oshirish, Qo‘shma Shtatlar harbiy-dengiz kuchlari kemalari, samolyotlar, shuningdek, AQSh qurolli kuchlari qo‘shinlarining ba’zi turlari sonini ko‘paytirish nazarda tutilgani xabar berilgandi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Pentagon yanada samarali lazer quroliga ega bo‘lmoqchi ekani ma’lum qilingandi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
"Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi
AQSHda Zelenskiy ukrainaliklardan nimani yashirayotgani oshkor etildi
May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi
AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi