84 yoshli ayol har oy 2000 km yo‘l bosib, kiyim tarqatadi

1 daqiqa o'qish185
84 yoshli ayol har oy 2000 km yo‘l bosib, kiyim tarqatadi

Avstraliyaning G‘arbiy qismida yashovchi 84 yoshli Barbara Kerroll har oy minglab kilometr yo‘l bosib, uzoq hududlardagi ehtiyojmandlarga kiyim-kechak yetkazib bermoqda.

Donnibruk shahrida istiqomat qiluvchi Barbarani mahalliy aholi «Nen Barb» deb ataydi. U o‘zining xayriya do‘konida to‘plangan kiyimlarni mashinasiga joylab, Avstraliyaning olis hududlariga yo‘l oladi. Uning safarlari oyiga 2000 kilometrdan oshib ketadi.

Barbara kiyimlarni Karnarvon, Nyuman, Nallagayn va Ruborn kabi chekka hududlardagi xayriya tashkilotlari hamda ayollar boshpanalariga tarqatadi. Ular orasida ayollar va erkaklar kiyimlari, bolalar kiyimlari hamda ko‘rpalar bor.

Uning aytishicha, bu ishdan mukofot yoki tan olinishni kutmaydi. Uning uchun muhtoj insonga yordam berish oddiy insoniy burch hisoblanadi.

Qizig‘i, Barbaraning o‘zi ham Nallagaynda katta bo‘lgani sababli, bu hududlardagi odamlar bilan aloqasi juda yaqin. Mahalliy aholi uni «farishta» deb atab, mehri va yordamini yuqori qadrlaydi.

Hozir uning safarlarini yanada kengaytirish uchun mahalliy aholi kattaroq yuk mashinasi olib berish maqsadida mablag‘ yig‘moqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?