Muhammad Saloh o‘tirgan tosh sayyohlik maskaniga aylandi (video)

Muhammad Saloh o‘tirgan tosh sayyohlik maskaniga aylandi (video)

«Trabzonspor» futbolchisi Muhammad Salohning Turkiyaning Trabzon viloyatidagi Kurtdere yaylasida tushgan surati oddiy toshni mashhur sayyohlik joyiga aylantirdi. Bu haqda HaberTS xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, misrlik futbolchi jamoaga berilgan dam olish kunida Trabzonning tabiiy maskanlarini tomosha qilgan. U Machka tumanidagi Kurtdere yaylasiga borib, u yerda tosh ustida o‘tirgan holda suratga tushgan. Keyinchalik futbolchi ushbu suratlarni ijtimoiy tarmoqlarda ulashgan.

Surat keng tarqalgach, muxlislar va sayyohlar Saloh o‘tirgan toshni ko‘rish uchun Kurtdere yaylasiga bora boshlagan. Endi tashrif buyuruvchilar aynan shu joyda suratga tushish uchun navbat kutmoqda.

Muhammad Saloh o‘tirgan tosh sayyohlik maskaniga aylandi (video)

Mahalliy aholining aytishicha, avval sokin bo‘lgan hudud futbolchining tashrifidan keyin ancha gavjumlashgan. Tashrif buyuruvchilar orasida bu joy «Saloh toshi» deb atala boshlagan. Hududda hatto «Salah Yaylası» yozuvi tushirilgan belgi ham o‘rnatilgan.

Shu tariqa, futbolchining oddiy surati Kurtdere yaylasidagi ilgari keng tanilmagan bir toshga sayyohlar e’tiborini qaratdi.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar