Maftuna Xolmurotova "Ko‘krak nishoni" bilan taqdirlandi: xonanda muxlislariga murojaat qildi

Maftuna Xolmurotova "Ko‘krak nishoni" bilan taqdirlandi: xonanda muxlislariga murojaat qildi

Xonanda Maftuna Xolmurotova xonandalik sohasidagi faoliyati uchun "Ko‘krak nishoni" bilan taqdirlandi. San’atkor quvonchli xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida muxlislari bilan bo‘lishdi.

Maftuna Xolmurotova ushbu mukofotni ijod yo‘lidagi katta e’tirof va yangi mas’uliyat sifatida qabul qilganini ta’kidladi.

"Bugun men xonandalik sohasidagi yuksak e’tirof — "Ko‘krak nishoni" bilan taqdirlandim. Bu men uchun ijod yo‘lida yana bir pog‘ona, yanada katta mas’uliyat degani", — deb yozdi xonanda.

San’atkor uni doimo qo‘llab-quvvatlab kelayotgan muxlislariga ham minnatdorlik izhor qildi. U xalq uchun ijod qilish va san’ati orqali xizmat qilishdan to‘xtamasligini aytdi.

Maftuna Xolmurotova kelgusidagi orzulari haqida ham gapirib, yanada yuksak unvonlarga erishish nasib qilishini tiladi.

"Inshaalloh, hali "O‘zbekiston xalq artisti", "O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist" kabi yuksak unvonlarga ham erishish nasib qilsin." Maftuna Xolmurotovaning ta’kidlashicha, muxlislarining mehri va qo‘llab-quvvatlashi uning ijodi uchun juda qadrlidir. "Ko‘krak nishoni" esa uning ijodiy faoliyatidagi navbatdagi muhim e’tirof bo‘ldi.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar