10:40 / 22.04.2019
3 427

Tramp Zelenskiyni tabrikladi va unga va’da berdi

Tramp Zelenskiyni tabrikladi va unga va’da berdi
AQSh prezidenti Donald Tramp Ukraina prezidentligi uchun saylovda g‘olib chiqqan Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qildi va uni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi. Bu haqda AQSh Davlat departamentining Ukraina masalalari bo‘yicha maxsus vakili Kurt Uolker ma’lum qildi.

Telefon orqali muloqot AQSh tomoni tashabbusi bilan o‘tkazilgan. Unda Tramp Zelenskiyga AQSh bundan keyin ham Kiyevni hududiy yaxlitligini tiklash bo‘yicha sa’y-harakatlarida qo‘llab-quvvatlashini va’da qilgan.

«Prezident Tramp Vladimir Zelenskiyga qo‘ng‘iroq qilib Ukrainadagi demokratik saylovlarda g‘alaba qozongani bilan muborakbod etdi. Biz kelgusida ham Ukrainaning hududiy yaxlitligini tiklash va Rossiya agressiyasiga qarshi kurashish harakatlarida qo‘llab-quvvatlaymiz», degan Uolker tvitterdagi sahifasida.

Uolker Ukrainaning amaldagi prezidenti Pyotr Poroshenkoni «Ukrainani favqulodda og‘ir damlarda matonat bilan boshqargani va demokratik institutlarga sodiqlik saqlab ukraina xalqining irodasini qabul qilgani» uchun alqagan.

Ukraina Markaziy saylov komissiyasi ovozlarning 15 foizini ishlab bo‘ldi. Ularga ko‘ra, Zelenskiy 73,01, amaldagi prezident Pyotr Poroshenko esa 24,65 foiz ovoz to‘plagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Zelenskiyni tabrikladi va unga va’da berdi