
Rossiyaning Yekaterinburg shahrida o‘zbek diasporasi vakillari shahardagi “Ishak” (Eshak) nomli restoran egasi bilan konfliktga borgan. Bu haqda restoran egasi, shoumen Sergey Svetlakov aytgan.
Uning aytishicha o‘zbeklar rectoranga kelib oynalarini sindirish va buzib tashlash bilan tahdid qilgan. Ilk muzokara o‘xshamagandan so‘ng o‘zbek diasporasi vakillari qurol bilan tahdid qilishgan. Shundan so‘ng shoumen politsiyaga xabar bergan. U kanallarning biriga bergan intervyusida vaziyatga "O‘z shahrimda menga nima qilishni o‘rgatishlari yoqmadi”, - deb izoh bergan.
Aktyor shuningdek, “eshak” mashhur xalq og‘zaki ijodi qahramoni Xo‘ja Nasriddin bilan doim birga kelishini, hatto O‘zbekistonda haykal o‘rnatilganini ham aytgan.
Restoran nomi esa o‘zbeklarga yoqmagan, u negativ ma’no kasb etgan.
YekaterinburgO‘zbek DiasporasiIshak RestoraniSergey SvetlakovKonfliktXo‘ja Nasriddin O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar