
Foto: AFP
Meksikaning Argentinadagi elchisi Oskar Rikardo Valero Buenos-Ayresdagi do‘kondan kitob o‘g‘irlaganlikda ayblanayotgani sababli ortga chaqirtirib olinadi. Bu haqda Meksika tashqi ishlar vaziri Marselo Ebrard ma’lum qildi.
“Men axloq bo‘yicha qo‘mitadan Argentinadagi elchi bilan bog‘liq voqeani o‘rganishni iltimos qildim. Elchi mashhur do‘kondan kitob o‘g‘irlashda ayblanmoqda. Hozircha men unga uyga qaytishga ko‘rsatma berdim”, deb aytgan Ebrard.
Argentina poytaxtining eng mashhur diqqatga sazovor joylaridan sanaluvchi “Ateneo” do‘konida o‘rnatilgan kuzatuv kamerasi 76 yoshli elchi kitobni gazeta orasiga berkitib olib chiqmoqchi bo‘lganini qayd qilgan. U do‘kondan chiqishda qo‘riqchilar tomonidan to‘xtatilgan va politsiya bo‘limiga yetkazilgan. U yerda elchining shaxsi aniqlanib, so‘ngra qo‘yib yuborilgan.
“Agar videoyozuv chin bo‘lsa, elchi zudlik bilan bo‘shatiladi. O‘zini nohalol tutishga mutlaq yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi”, deb aytgan Meksika tashqi ishlar vaziri.
Ta’kidlanishicha, elchi o‘z lavozimini joriy yilning avgustida bajarishga kirishgan. U do‘kondan olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan kitobning narxi 750 peso (12 dollar) turadi.
MeksikaArgentinaOskar RikardoKitob O‘g‘irlanishiElchi AyblanmoqdaTashqi Ishlar Vaziri O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing