Foto: The Sun
AQSHning Texas shtatidagi auksionda Maykl Jeksonga tegishli Swarovski toshlari bilan bezatilgan oq qo‘lqop sotildi, deb yozadi The Sun.
Xonandaning garderobidan olingan ushbu element 104 ming dollarga xarid qilindi. Xaridorning ismi oshkor qilinmayapti.
Xaridor, shuningdek, qo‘lqopning 1998 yilda UNICEF’ga sovg‘a qilingani haqidagi xatni ham qo‘lga kiritdi.
Aksessuar Maykl Jeksonning tashrif qog‘oziga aylanib ulgurgan edi. U sahnada qo‘shiq ijro etayotganida hamda kliplar suratga olish jarayonlarida ushbu qo‘lqopdan foydalangan.
Foto: The Sun
Intervyulardan birida Maykl Jekson ushbu bitta qo‘lqop bir juft qo‘lqopdan ham yaxshiroq ekanligini aytgan.
15 marta «Gremmi» mukofotini qo‘lga kiritgan Maykl Jekson 51 yoshga to‘lishiga ikki oy qolganida, 2009 yilda Los-Anjelesda vafot etgan.
Xonandaning o‘limiga propofol anestetikining me’yordan ko‘p qabul qilingani sabab bo‘lgani aytilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
Sharmandaga shahar keng
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti