Foto: CNN
Filippinda koronavirus epidemiyasi tufayli 17 martdan 22 iyulgacha bo‘lgan davr oralig‘ida 15 ming nafardan ziyod mahbus ozodlikka chiqarildi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar va mahalliy boshqaruv vazirligiga tayanib, Philippine Star nashri xabar bergan.
Nashrning yozishicha, ushbu vaqt mobaynida jami 15 322 nafar mahbus ozodlikka chiqqan, ularning aksar qismi garov evaziga ozod qilish mumkin bo‘lgan nisbatan yengil jinoyatlar sodir etgan yoshi katta insonlar.
Qayd etilishicha, Filippindagi qamoqxonalar mahbuslarga to‘lib ketgan va ularda ijtimoiy masofalanish hamda gigiyena qoidalariga amal qilishning imkoni yo‘q. 2 iyul holatiga ko‘ra, qamoqxonalar va penologiya byurosiga qarashli (BJMP) muassasalardagi mahkumlar orasida 783 ta kasallanish holati qayd etilgan, xodimlar orasida esa 135 nafar odam koronavirus yuqtirib olgan.
Foto: AFP
Eslatib o‘tamiz, Eronda ham mart oyida 70 mingga yaqin mahbus qamoqxonalardan ozod qilingandi, keyinchalik koronavirus tarqalishining ikkinchi to‘lqini sabab yana 100 mingga yaqin mahbus vaqtinchalik ozodlikka chiqarilgan,
Filippin sog‘liqni saqlash vazirligi bergan axborotda mamlakatda 2020 yil 2 iyul holatiga ko‘ra, jami 38 805 ta kasallanish holati, 1274 ta o‘lim kuzatilgan. Filippinda 10,6 ming nafar bemor COVID-19’dan tuzalgan.
Manba: Daryo.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi