Olimlar hanguzgacha koronavirusning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan manbani aniqlay olishmadi. Das Erste nashri koronavirus Xitoyning Uhan shahrida 2019 yil dekabr oxirida ilk bor qayd qilingandan bir necha oy oldin paydo bo‘lganidan darak beruvchi bir qator tadqiqotlarni keltirib o‘tgan.
Xususan, fransiyalik shifokor Mixel Shmitt koronavirus alomatlarini o‘z bemorlarida 2019 yil noyabrida aniqlagan. Uning ta’kidlashicha, bemorlar o‘pkasining rentgen yordamida olingan suratlari o‘pkaning aynan shu virusdan zararlanganidan darak beradi. Bundan tashqari, ushbu bemorlarda keyinroq koronavirusga antitanalar aniqlangan.
Mixel Shmitt
Shuningdek, koronavirus izlari Italiya va Braziliyada 2019 yil noyabr va dekabrda olingan suv namunalarida ham aniqlangan.
Kembrij universiteti genetigi Peter Forster virus tarqalishini tahlil qilib, u 2019 yil sentabridan dekabrigacha oraliqda paydo bo‘lgani haqidagi xulosaga kelgan.
Koronavirusning paydo bo‘lishi taxminiy joyi sifatida Xitoy va unga qo‘shni Osiyo davlatlari aytilmoqda. Biroq olimlar “nolinchi bemor” qayerda va qachon unga chalinganini hanuzgacha aniqlay olishmadi.
Das Erst’ning yozishicha, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ham infeksiyaning manbasi borasida bir to‘xtamga ega emas. Avgust boshida JSST rahbari Tedros Gebreyesus bu masalani o‘rganish bo‘yicha katta tadqiqot boshlanishini e’lon qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi
Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi
2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto)
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi
Ozish uchun qancha yugurish kerak?
Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi