10:11 / 15.01.2021
2 034

Norvegiyada Pfizer vaksinasi bilan emlangan 23 kishi vafot etdi

Norvegiyada Pfizer vaksinasi bilan emlangan 23 kishi vafot etdi
Norvegiyada Pfizer/BioNTech koronavirusga qarshi vaksinasini qabul qilgan 23 kishi vafot etdi, deya xabar bermoqda «Korrespondent.net».
Marhumlarning barchasi immuniteti zaif 80 yoshdan oshgan odamlar, deya ta’kidlaydi Norvegiya Dori vositalari agentligi.

«Vaksinalar bilan bog‘liq 23 ta o‘lim holati qayd etilgan. Hozirgacha ularning 13 tasi o‘rganilgan. Keng tarqalgan nojo‘ya ta’sirlar keksa odamlarda jiddiy holatlarga olib kelishi mumkin», – deyiladi xabarda.

Dori vositalari agentligi vakili Shteynar Madsenning so‘zlariga ko‘ra, ushbu o‘lim holatlari «judayam qo‘rqinchli emas».

«Ushbu vaksinaning juda kichik xavf omillari borligi aniq, ammo sog‘lig‘i yomon keksa bemorlar haqida gap ketganda, bir nechta istisnolar mavjud», – dedi Madsen.

Norvegiyada vaksinatsiya 27 dekabrda boshlangan. Oslodagi qariyalar uylarida yashovchilar birinchi bo‘lib emlandi. Shu vaqtgacha mamlakatda 25 ming kishi koronavirusga qarshi emlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Norvegiyada Pfizer vaksinasi bilan emlangan 23 kishi vafot etdi