TASS xabariga ko‘ra, AQSH prezidenti Donald Tramp Isroil va Marokash o‘rtasidagi aloqalarni normallashtirishga qo‘shgan hissasi uchun Marokashning oliy mukofoti bilan taqdirlandi.
Marokashning AQSHdagi elchisi Lalla Jumala Alaui juma kuni Trampga faqat davlat rahbarlariga beriladigan Muhammad ordenini topshirgan. Ushbu orden Marokash podshohi Muhammad VI ning Trampga sovg‘asidir. AQSH prezidentning kuyovi va maslahatchisi Jared Kushner hamda Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus elchi Avi Berkovis ham quruq qolmadi: ularga Isroil va Marokash o‘rtasidagi aloqalarni normallashtirishga qo‘shgan hissalari uchun boshqa mukofotlar topshirilgan.
O‘tgan yilning dekabrida Tramp Isroil va Marokash diplomatik aloqalarni o‘rnatish bo‘yicha kelishuvga erishganini e’lon qilgan edi. Oq uy rahbari ushbu hodisani Yaqin Sharqda tinchlik uchun tarixiy va ulkan yutug‘i deya e’tirof etgan edi. Keyinchalik esa rasmiy aloqalarni tiklash, diplomatik, tinch va do‘stona aloqalarni o‘rnatish niyatini tasdiqlovchi Qo‘shma deklaratsiya imzolangan edi.
AQSH oxirgi besh oyda Isroil hamda BAA, Bahrayn, Sudan va Marokash o‘rtasida aloqa o‘rnatilishi uchun vositachilik qildi. Ayni paytda AQSH Marokashning G‘arbiy Sahroi kabirdagi severenitetini tan olgani uchun Tramp tanqidlarga uchragan edi.
Eslatib o‘tamiz, Tramp hokimiyatdagi so‘nggi kunlarini o‘tkazmoqda. 20 yanvar kuni prezidentlik rasman Jo Baydenga o‘tadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
Surxondaryo viloyatida ayiq IIB xodimiga jarohat yetkazdi
D vitamini dozasini oshirib yuborishning xavfli oqibatlari
Erdo‘g‘on davlat to‘ntarishi ehtimoli sababli tunda favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi
Kolumbiya prezidenti Netanyaxuni hibsga olishga chaqirdi
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
O‘zbekiston avtomobil bozorida Trade-up dasturi joriy etiladi