iPhone 15 ekranidagi chiziqlar boʻyicha Apple kompaniyasiga nisbatan tekshiruv boshlandi

QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
- Hindistonning CCPA'si iPhone 15 ekranlaridagi chiziqlar muammosi bo'yicha Apple'ga qarshi tergovni chuqurlashtirdi.
- 2024-yilda iOS 18 yangilanishidan so'ng paydo bo'lgan yashil, pushti yoki oq chiziqlar ko'plab foydalanuvchilarning shikoyatiga sabab bo'ldi.
- Apple servis markazlarining ba'zi foydalanuvchilardan taxminan 300 AQSh dollari talab qilishi, Hindiston regulyatorlarini 29-iyul kuni ishni ixtisoslashtirilgan tergov bo'linmasiga o'tkazishga undadi.
Hindistonning Markaziy isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish boshqarmasi (CCPA) Apple kompaniyasiga nisbatan tergov jarayonini chuqurlashtirilgan bosqichga oʻtkazdi. Bunga iPhone 15 egalarining yangi operatsion tizim oʻrnatilgach displeyda yuzaga kelgan nosozliklar yuzasidan qilgan ommaviy shikoyatlari sabab boʻldi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
ixbt.com maʼlumotiga koʻra, muammo 2024 yilda iOS 18 yangilanishi oʻrnatilganidan keyin yuzaga kelgan. Foydalanuvchilarning smartfon ekranlarida yashil, pushti yoki oq rangdagi chiziqlar paydo boʻlgan boʻlib, bu holat qurilmadan foydalanishni qiyinlashtirgan.
Rasmiy munosabat va pullik taʼmirlash
Vaziyat yanada jiddiy tus olishiga Apple rasmiy servis markazlarining harakati turtki boʻldi. Maʼlum qilinishicha, ayrim foydalanuvchilarga ekran nosozligini bartaraf etish uchun taxminan 300 AQSh dollari miqdoridagi toʻlovni amalga oshirish taklif qilingan.Shundan soʻng, 29 iyul kuni Hindiston regulyatorlari Apple kompaniyasini ishni ixtisoslashtirilgan tergov boʻlinmasiga oʻtkazish haqida rasman xabardor qildi. Rasmiylar taqdim etilgan hujjatlarda isteʼmolchilar huquqlari buzilishi alomatlari mavjudligini taʼkidlamoqda.
Tergov va tomonlarning pozitsiyasi
Mazkur tekshiruv kompaniya manziliga kelib tushgan 75 ta shikoyat asosida boshlangan edi. Hindiston tomoni texnik gigantning avvalgi tushuntirishlarini qoniqarsiz deb topdi va holatni yanada chuqurroq oʻrganishga qaror qildi.Oʻz navbatida, Apple kompaniyasi isteʼmolchilarning barcha ayblovlarini qatʼiyan rad etmoqda. Korporatsiya vakillarining taʼkidlashicha, iOS 18 tizimi joriy etilishidan oldin puxta sinovdan oʻtkazilgan va hech qanday tizimli nosozliklar aniqlanmagan.
Hozircha mazkur nizo qanday yakun topishi va kompaniya jabrlangan foydalanuvchilarga qandaydir kompensatsiya taklif qilishi nomaʼlumligicha qolmoqda. Biroq ushbu ish global miqyosda smartfon ishlab chiqaruvchilarning dasturiy taʼminot yangilanishlari uchun masʼuliyatini yanada kuchaytirishi mumkin.






























Izohlar 0
…