23:18 / 27.01.2021
1 387

TikTok Hindistonda butunlay taqiqlanishiga sabab nima?

TikTok Hindistonda butunlay taqiqlanishiga sabab nima?
Hindiston hukumati milliy suverenitetga tahdid tufayli mashhur TikTok ijtimoiy tarmog‘ini va boshqa 58 ta Xitoy dasturini butunlay to‘sib qo‘ydi. Bu haqda Hindistonning "Economic Times" nashri xabar bermoqda.

Hindiston Axborot texnologiyalari vazirligi xitoylik ishlab chiquvchilarga xizmatlar xavfsizligi bilan bog‘liq agentlik ularning javoblari va tushuntirishlaridan qoniqmasligi haqida xabar bergan. Shu munosabat bilan, o‘tgan yil o‘rtalarida Hindiston hukumati tomonidan bir qator Xitoy dasturlarini blokirovka qilish doimiyga aylantirildi.

Hindiston hukumati 2020 yil iyun oyida 59 ta Xitoy dasturini vaqtincha blokirovka qilishga qaror qilgan edi. Rasmiylar o‘zlarining qarorlarini ushbu dasturlarning ishi go‘yoki "Hindistonning suvereniteti va yaxlitligiga" zarar yetkazishi, shuningdek, mamlakat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid solishi bilan izohlaganlar.

Taqiqlangan dasturlar ro‘yxatiga TikTok, WeChat, PUBG. Mobile, Shareit, UC Browser, AliSuppliers, Alibaba Workbench, AliExpress, Lalamove India, CamCard, Clash of Kings o‘yini va boshqa bir qator dasturlar kiritilgan.

So‘nggi bir necha oy ichida Hindistondagi Xitoy dasturlarining taqiqlanishi, barcha toifalar, shu jumladan ish, o‘yin va ko‘ngilochar dasturlari ichida birdaniga ishlab chiqarishni keskin rivojlanishiga olib keldi. O‘tgan yilning iyul oyida hukumat tanlov e’lon qildi, unda mamlakat bo‘ylab yakka tartibdagi ishlab chiquvchilar va kompaniyalardan 7000 ga yaqin arizalar qabul qilingan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » TikTok Hindistonda butunlay taqiqlanishiga sabab nima?