07:43 / 02.02.2021
2 067

BAA kimlarga fuqarolik berishini ma’lum qildi

BAA kimlarga fuqarolik berishini ma’lum qildi
Foto: «Sbcargo.ru»
WAM agentligi xabariga ko‘ra, Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) hukumati mavjud qonunga chet elliklarga mamlakat fuqaroligini olishga imkon beruvchi o‘zgartirish kiritgan.

Portal ma’lumotlariga ko‘ra, investorlar, ixtirochilar, shifokorlar, olimlar va san’atkorlar hamda ularning oilalari fuqarolikka murojaat qilishlari mumkin. Har bir toifaning o‘z qoidalari bor, arizalar mahalliy ijro hokimiyati organlari, shuningdek, hukumat tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Shunday qilib, investorlar BAAdagi ko‘chmas mulkka yoki mamlakat Iqtisodiyot vazirligi tomonidan tasdiqlangan patentlarga ega bo‘lishlari kerak. Shifokorlar va muhandislar davlat uchun zarur bo‘lgan noyob ilmiy sohalarda ishlashi, shuningdek, kamida 10 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak. Xuddi shu narsa tadqiqotlarda faol bo‘lishi va obro‘li mukofotlarga ega bo‘lishi kerak bo‘lgan olimlarga ham tegishli.

«Yangi farmon bizning taraqqiyotimizga hissa qo‘shadigan iste’dodli odamlarni jalb qilishga qaratilgan», — deydi Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri shayx Muhammad bin Rashid Al Maktum.

Shu paytgacha tashrif buyurgan iste’dodlar Birlashgan Arab Amirliklarida vizalar asosida yashab kelgan, masalan, «oltin dastur» 10 yil qolish huquqini bergan, ammo haqiqiy fuqarolikka o‘tish imkonini bermagan. BAA fuqarolar uchun eng boy ijtimoiy ta’minot dasturiga ega. Davlat ish, uy-joy va farovon hayotni kafolatlaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » BAA kimlarga fuqarolik berishini ma’lum qildi