Jared Kushner
Foto: AP Photo
AQSH sobiq prezidenti Donald Trampning kuyovi va maslahatchisi Jared Kushner o‘z o‘rinbosari Avi Berkovis bilan birgalikda tinchlik uchun Nobel mukofotini olish uchun nomzodlar qatoriga kirdi. Bu haqda Reuters xabar qilgan.
Kushnerning nomzodlar qatoriga kirishiga Isroil hamda arab davlatlari o‘rtasidagi «Ibrohim kelishuvlari»ni imzolashda ishtirok etgani sabab bo‘lgan.
Sobiq prezidentning kuyovini mazkur yo‘nalishda mukofot uchun nomzodlikka yurist Alan Dershovis ko‘rsatgan, u Trampni birinchi impichment vaqtida himoya qilgandi. Dershovis mukofot uchun nomzodlar ko‘rsatish vakolatiga ega, sababi u Harvard universitetining professori hisoblanadi.
Agentlikning yozishicha, Dershovis Nobel mukofoti kengashiga yozgan xatida o‘zi ilgari surayotgan nomzod masalasi biroz bahsli ekanini tan olgan.
2020 yil 15 sentabrda Isroil, Birlashgan Arab Amirliklari hamda Bahrayn Oq uyda o‘zaro kelishuv imzolagan. Bitimlarga ko‘ra Abu-Dabi va Manama Isroil davlatini tan olgan, mamlakat hukumatlari Iordan daryosining g‘arbiy sohilidagi Isroil aholi maskanlarining suverenitetiga da’vo qilmaslikka kelishgan. Qo‘shma bayonotda ushbu harakatlar Yaqin Sharqda tinchlik o‘rnatish bo‘yicha keyingi bosqich uchun shart-sharoit yaratish qayd etilgan.
2020 yil 23 oktabrda Isroil Sudan bilan munosabatlarni me’yorlashtirib olgandi. 10 dekabrda esa Marokash bilan kelishuv imzolangan. Ikkala holatda ham AQSH davlatlar o‘rtasida vositachilikni amalga oshirgan. O‘z navbatida Falastin hukumati Isroil va Sudan o‘rtasidagi kelishuvni «orqadan zarba» deb atagan.
2020 yil sentabrda norvegiyalik deputat Donald Trampga Nobel mukofoti berishni taklif qilgan, keyinchalik Oq uy Tramp Nobel mukofoti uchun nomzod bo‘lganidan faxrlanishini bildirgan, Shvetsiya parlamenti a’zosi esa Norvegiya ortidan Trampga tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti berishni taklif etgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Trampga Marokashning oliy mukofoti topshirildi

Putin tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatildi

Trampning kuyovi arab davlatlarini Isroil bilan munosabatlarni yaxshilashga ko‘ndirmoqchi

Trampning kuyovi yillab daromad solig‘ini to‘lamagani aniqlandi

Trampning kuyovi kompaniyasi Qatardan sarmoyalar so‘ragan

Tramp Nobel mukofoti nomzodiga aylandi