13:53 / 18.07.2021
4 802

Koronavirus sabab sun’iy komaga tushirilgan MakSimning yuragida ham muammo kuzatilmoqda


Foto: Starhit
Deyarli to‘rt hafta avval koronavirus sabab sun’iy komaga tushirilgan xonanda MakSimning ahvoli kundan kunga yomonlashmoqda. Qo‘shiqchida yurak va o‘pkaning o‘ng tomoni bilan bog‘liq muammolar boshlangan, deb yozadi Starhit.

Ta’kidlanishicha, 38 yoshli xonandaning o‘ng o‘pkasi faoliyatida jiddiy muammo kuzatilgan. Rentgen tekshiruvi a’zoda o‘sma va bo‘shliq tobora ko‘payib borayotganini ko‘rsatgan. Asoratlarning boshlangani sabab hatto sun’iy ventilyatsiya apparati ham yordam bermayapti, deyiladi xabarda. O‘pkalar faoliyati bilan bog‘liq muammo yurakka ham ta’sir qilgan — qo‘shiqchida chap bo‘lim kengaygani kuzatilgan, bu esa yurakning chap qorinchasi yetishmovchiligidan darak beradi. Shifokorlar 1 oyga yaqin vaqtdan buyon og‘ir ahvolda bo‘lgan, MakSim taxallusi bilan ijod qiladigan Marinaning salomatligi haqida oldindan hech narsa demayapti.

Ijodkorning piar direktori Margarita Sokolova Marinaning ahvoli yaxshilanmagani bilan, umid borligini, hozirgi vaqtda faqatgina qilingan duolar yordam berishi mumkinligini ta’kidlagan. Keyinchalik Margarita MakSimning salomatligi haqida tarqalgan so‘nggi ma’lumotlarga ham munosabat bildirgan.

«Aziz do‘stlar, yana telefon va direct tinchimayapti. Marinaning ahvoli haqidagi axborotni kim tarqatganini bilmayman. Bunday yangilikni qarindoshlar ruxsatisiz tarqatish qonunan ham taqiqlangan. Dam olish kuni bo‘lgani sabab oila a’zolari va bizda hatto bunday ma’lumot yo‘q. Davolaydigan shifokorlar dam olyapti va biz aynan ular bilan aloqada bo‘lamiz. Dushanbagacha hech qanday aniq ma’lumot bo‘lmaydi. To‘g‘ri tushunishingizni so‘rayman! Kutamiz», — deb yozgan u Instagram sahifasida.

Bundan besh kun avval ham xonandaning qonida zararlanish boshlangani haqida mish-mish tarqalgan, ammo uning piar direktori bu ma’lumotni inkor qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning 15 iyun kuni shifoxonaga yotqizilgan Marinaning ahvoli yomonlashgani tufayli unga sun’iy nafas oldirish apparati ulangan. Keyinroq yana bir og‘ir kasallik aniqlangan ijodkorning ahvoli yomonlashi sababi nima bilan bog‘liq ekani haqida xabar berilgan. Ahvoli og‘irlashgan MakSimni komadan chiqarishning iloji bo‘lmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirus sabab sun’iy komaga tushirilgan MakSimning yuragida ham muammo kuzatilmoqda