10:20 / 13.08.2021
1 790

Olimpiada oltin medalini olgan xitoylik sportchilarga Hongqi H9 limuzinlari sovg‘a qilinadi

Olimpiada oltin medalini olgan xitoylik sportchilarga Hongqi H9 limuzinlari sovg‘a qilinadi
Foto: Hongqi
Hongqi kompaniyasi Tokio Olimpiadasidan oltin medal bilan qaytgan xitoylik sportchilar uchun sovg‘a tayyorlab qo‘ydi. Ularning har biri o‘rta o‘lchamli H9 limuzini — markaning 60 yildan ortiq vaqtdan beri Xitoy hukumati uchun ishlab chiqarilayotgan hashamatli modeliga ega bo‘ladi. Tokio—2020 Olimpiadasida 52 nafar xitoylik jami 38 medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi, deb xabar beradi Motor.

Atletlar va medallar orasidagi farq ularning ayrimlari individual sport turida, ba’zilari esa jamoa hisobida qatnashgani bilan izohlanmoqda. Hongqi 52 nafar g‘olib uchun har biri 57 ming dollar turadigan H9 limuzinini tayyorlab qo‘ygan. Shunday qilib, premium-markadagi sovg‘alar qiymati qariyb 3 million dollarni tashkil etadi.

Foto: Hongqi
Kumush medalga sazovor bo‘lgan 32 va bronza olgan 18 nafar sportchi ham mukofotsiz qolmaydi. Ular ham shu kabi H9 modeliga ega bo‘ladi, faqat sovg‘a sifatida emas, balki «bepul foydalanish» imkoniyatiga. Aftidan, gap ijarada yoki test-drayvlarda foydalaniladigan mashinalar haqida ketmoqda.

Foto: Hongqi

Foto: Hongqi

Foto: Hongqi
Eslatib o‘tamiz, hashamatli to‘rt eshikli Hongqi limuzini 2020 yilda Mercedes-Benz E-Class’dan uch barobarga arzonroq narxda taqdim etilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimpiada oltin medalini olgan xitoylik sportchilarga Hongqi H9 limuzinlari sovg‘a qilinadi