Maryam Tillayevadan butunlay o‘zgacha uslub: "Shakar" nomli yangi klip premerasi e’lon qilindi! (video)

Instabloger Maryam Tillayeva ijtimoiy tarmoqlarda yangi qiyofasi bilan muxlislar e’tiborini tortdi. Ma’lum bo‘lishicha, internetda tarqalgan videolar uning navbatdagi "Shakar" qo‘shig‘i uchun suratga olinayotgan klip jarayonidan olingan.
Klip suratga olish jarayonidan olingan lavhalarda Maryam Tillayevani turli xil obrazlarda ko‘rish mumkin. Bloger bu safar faqat zamonaviy uslub bilan cheklanib qolmagan.
"Shakar" — Maryam Tillayevaning yangi ijodiy loyihalaridan biri.
Suratga olish jarayonidan tarqalgan videolar esa uning yangi qo‘shig‘iga qiziqishni yanada oshirdi. Yangi trekning 25-sentyabr kuni premera qilinishi kutilmoqda. Klipda Maryamning zamonaviy qiyofalari bilan birga tarixiy obrazlari ham namoyish etilishi aytilmoqda. Eslatib o‘tamiz, Maryam Tillayeva bundan avval reper Massa bilan duet kuylab, ushbu ijodiy ishini muxlislariga taqdim etgan edi.
Endi esa blogerning yangi "Shakar" qo‘shig‘i va klipi muxlislar tomonidan qiziqish bilan kutilmoqda.































Izohlar 0
…