21:23 / 04.09.2021
4 189

Lotereyadagi katta yutuq baxtsizlik keltirdi

Lotereyadagi katta yutuq baxtsizlik keltirdi
56 yoshli irlandiyalik ayol lotereya jekpotidagi g‘oliblik hayotini buzib yuborganini aytgandi. Yaqinda bu ayolning jasadi topilgan. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.

Politsiya uning o‘limida shubhali narsa topmagan, ammo ekspertiza belgilangan. Britaniyalik ayol turmushga chiqmagandi, lekin uning to‘rt nafar uka-singillari bor edi.

2013 yili Margaret Louri lotereyada 27 million funt yutib oladi. U yutuqlarning bir qismini ko‘chmas mulkga sarflagan. Shuningdek, muhtojlarga uy qurishni ham rejalashtirgan va boyligining yarmini xayriya ishlariga sarflagan.

Keyinchalik, ayol, odamlar undan «millionlarni o‘g‘irlab olganini» aytadi va yutuqdan pushaymon bo‘ldi.
«Men ilgari baxtli edim. Men insonman va bu jekpot shunchaki hayotimni barbod qildi», degandi u.

Sotib olingan mulklari bir necha bor yoqib yuborilgan. 2015 yilda ayol taksi haydovchisini haqorat qilgani uchun axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan. 2018 yilda u sobiq ishchisiga 30 ming funt to‘lashi kerakligi haqida sud qarori chiqarilgan. Sababi u xodimni haqorat qilgan va nohaq ishdan haydagan.

2019 yilda Lovri lotereyadagi g‘alaba uning uchun do‘zaxga aylanganini aytgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Lotereyadagi katta yutuq baxtsizlik keltirdi