Xitoyda xodim lotereyada bir yil maoshli ta’tilni qo‘lga kiritdi

Xitoyning Shenchjen shahridagi kompaniyalardan birida 70 nafar xodim ishtirok etgan lotereyada noodatiy sovrin o‘ynaldi. Omadli raqam yoki chipta emas, balki xodimlardan birining ismi g‘olib sifatida tanlandi.
Dastlab o‘z ismini eshitgan menejer bu holatni hazil deb o‘ylagan. Biroq kompaniya direktori g‘olib aynan u ekanini tasdiqlagach, voqea jiddiy ekani ma’lum bo‘lgan.
Mazkur lotereya kompaniyaning COVID-19 pandemiyasi sabab uch yillik tanaffusdan so‘ng o‘tkazilgan ilk korporativ tadbiri doirasida tashkil etilgan. Xodimlar uchun esa odatiy sovg‘alardan farq qiladigan mukofot tayyorlangan.
G‘olibga bir yil davomida maoshini to‘liq saqlagan holda ta’tilga chiqish yoki ushbu imtiyozning puldagi qiymatini olish imkoniyati berilgan.
Bir yil davomida ishlamasdan, oylik maoshni olish imkoniyati ko‘pchilik uchun kutilmagan sovrin bo‘lishi mumkin.































Izohlar 0
…