Nega og‘ir yurak xurujlari dushanba kuni ko‘proq qayd etiladi?

Yangi tadqiqot natijalari yurak xurujining eng og‘ir shakllaridan biri dushanba kunlari odatdagidan ko‘proq uchrashini ko‘rsatdi. Irlandiyada 10 mingdan ortiq bemorning ma’lumotlari o‘rganilib, infarkt holatlarining haftaning turli kunlari bo‘yicha taqsimoti tahlil qilingan.
Tadqiqotda og‘ir infarktlar dushanba kunlari kutilgan ko‘rsatkichdan 13 foiz yuqori bo‘lgani aniqlangan. Bu natija dushanba va yurak xuruji o‘rtasida ma’lum bog‘liqlik bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.
Olimlar buning ehtimoliy sabablaridan biri sifatida uyqu rejimining o‘zgarishini ko‘rsatmoqda. Dam olish kunlarida odamlarning uxlash va uyg‘onish vaqti o‘zgarishi, dushanba kuni esa odatiy tartibga qaytishi organizmga ta’sir qilishi mumkin. Biologik soatdagi o‘zgarishlar ham ehtimoliy omillardan biri sifatida ko‘rilmoqda.
Shu bilan birga, tadqiqotchilar aniq sabab hali aniqlanmaganini qayd etadi. Natijalar dushanba kuni yurak xuruji albatta yuz beradi degani emas, balki kuzatilgan statistik bog‘liqlikni anglatadi.































Izohlar 0
…