Insoniyat kelajakda yangi virusga ro‘baro bo‘ladi, shu bois qarshi choralar bo‘yicha tayyorgarlik choralarini ko‘rish bo‘yicha hamkorlik tamoyillarini ishlab chiqish lozim, deb bayonot qildi Xitoyning kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi rahbari Gao Fu.
"Dunyo faqatgina koronavirus pandemiyasiga duch kelgan emas, u dolzarb axborot va dezinformatsiya o‘zaro chambarchas uyg‘unlashib ketgan infodemiya singari qator boshqa muammolarga ham to‘qnash keldi. Bu ko‘plab mish-mishlar va muammolarni tug‘dirmoqda, ularni hal etmoq kerak", – deya ta’kidladi mutaxassis.
Gao Funing qayd etishicha, kelajakda dunyo albatta "X virus" deb atalmish xarakteristikalari hali hech kimga ma’lum bo‘lmagan virusga ro‘baro bo‘ladi va u istalgan joyda va istalgan vaqtda paydo bo‘lishi mumkin.
"Insoniyat kelajagi uchun muammo yechimi ustida birgalikda ishlash kerak. Shu munosabat bilan "to‘rtta S tamoyili"ni taklif etaman: bu hamkorlik (cooperation), raqobat (competition), muloqot yoki axborot almashuv (communication) va nihoyat, ba’zida uchinchi tomonni ham jalb qiluvchi koordinatsiyadir (coordination)", – degan ekspert.
Olimning ta’kidlashicha, butun dunyo olimlari Xitoy tomonidan bo‘lgan ochiq axborot almashinuvi tufayli maksimal qisqa muddatda koronavirusga qarshi vaksinalarni ishlab chiqishga kirishishga muvaffaq bo‘lganlar. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi