
Foto: TASS
BMT Bosh assambleyasi bir oy ichida ikkinchi marta ko‘pchilik ovoz bilan Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishiga qarshi rezolyutsiyani qabul qildi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Yangi rezolyutsiya uchun 140 mamlakat ovoz berdi, Rossiyaning ittifoqchilari o‘sha-o‘sha: Belarus, KXDR, Suriya va Eritreya.
38 mamlakat, jumladan, Xitoy — betaraf.
Bugun, 24 mart kuni qabul qilingan rezolyutsiyada Rossiyadan jangovar harakatlarni darhol to‘xtatish talab qilingan hamda Rossiyaning bostirib kirishi «xalqaro hamjamiyat Yevropada bir necha o‘n yillardan buyon guvoh bo‘lmagan» gumanitar inqirozga olib kelgani aytilgan.
Ushbu rezolyutsiya loyihasi Ukraina hamda uni qo‘llab-quvvatlayotgan bir nechta G‘arb mamlakatlari tomonidan kiritilgan.
Rossiyani urushni to‘xtatishga chorlagan birinchi rezolyutsiyani BMT Bosh assambleyasi 2 mart kuni qabul qilgandi. O‘shanda 141 mamlakat rezolyutsiyani yoqlab, 5 mamlakat, jumladan, Rossiya, qarshi ovoz bergandi.
BMT BA rezolyutsiyasi, BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasidan farqli o‘laroq, bajarilishi majburiy emas, biroq aksariyat ko‘pchilik mamlakatlar ovoz berishi sababli ma’naviy-siyosiy ahamiyat kasb etadi. BMT Xavfsizlik kengashida esa doimiy a’zo sifatida veto huquqiga ega Rossiya, tabiiyki, o‘ziga nomaqbul rezolyutsiyalar uchun ovoz bermaydi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar