12:13 / 04.07.2023
135

Ayollar uchun maxsus taom: qaysi bo‘tqa tarkibida kollagen miqdori ko‘p bo‘ladi?

Foto: Google Image

Kollagen teri, soch, tirnoqlarning holati va go‘zalligi uchun mas’ul bo‘lgan tarkibiy oqsildir. Kollagenning ko‘p qismi hayvon (mol, qo‘y suyagi iligi kabi) mahsulotlarida mavjud. Shu bilan birga ba’zi donli ekinlarning turlari ham kollagenga boy, shuning uchun ularni tez-tez nonushta vaqtida iste’mol qilish va garnir sifatida pishirish tavsiya etiladi.

Siz perlovkadan tayyorlanadigan “go‘zallik bo‘tqasi” haqida eshitgan bo‘lishingiz kerak. Bu mahsulot o‘zining vitaminlarga boy tarkibi va organizmda kollagen ishlab chiqarish uchun mas’ul bo‘lgan aminokislota — lizinning yuqori miqdori tufayli bunday faxriy e’tirofga sazovor bo‘lgan.

Albatta, perlovka teri uchun nihoyatda foydali bo‘lgan ko‘plab B vitaminlarini o‘z ichiga oladi. Biroq grechkada ikki baravar ko‘p lizin moddasi mavjud. Shu bois kollagen zaxiralarini ikki hissa to‘ldirmoqchi bo‘lsangiz, grechkaga tayangan ma’qul.

Foto: Google Image

Grechkaningning vitamin tarkibi haqida shunday deyish mumkin: u B vitaminlari, temir va boshqa ko‘plab zarur mikroelementlarga boy. Bundan tashqari, grechka shish bilan kurashishga yordam beradi — bu mahsulotda shunga o‘xshash ta’sirga ega bo‘lgan boshqa mikroelementlarni topasiz.

Darvoqe, yashil grechkani tatib ko‘rdingizmi? Buni qilish vaqti keldi! Aynan uning tarkibida ko‘proq lizin mavjud — boshqa barcha donlarga qaraganda bir necha baravar ko‘p. Bir porsiya qaynatilgan yashil grechka kunlik lizin ehtiyojining taxminan 10 foizini qoplay oladi.

Foto: Google Image

Albatta, buni tuxum yoki go‘sht tarkibidagi aminokislotalar bilan taqqoslab bo‘lmaydi. Ammo bunday qo‘shimcha taom bilan mikroelementning kunlik normasini qabul qilishingiz va ovqatdan maksimal foyda olishingiz mumkin.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ayollar uchun maxsus taom: qaysi bo‘tqa tarkibida kollagen miqdori ko‘p bo‘ladi?