Do‘konda mast bo‘lib uxlab qolgan yenot xayriya yulduziga aylandi

1 daqiqa o'qish2
Do‘konda mast bo‘lib uxlab qolgan yenot xayriya yulduziga aylandi

AQSHning Virjiniya shtatidagi spirtli ichimliklar do‘koniga kirib, 14 ta shishani sindirgan va hojatxona yonida uxlab qolgan yenot internet yulduziga aylandi. Uning surati tushirilgan kiyim-kechak va suvenirlar savdosi orqali bir yilga yaqin vaqt ichida hayvonlar boshpanasi uchun 290 ming dollardan ortiq mablag‘ to‘plandi.

Voqea 2025 yil 29 noyabr kuni Eshlend shahrida sodir bo‘lgan. Do‘kon xodimi ertalab kelganida, singan shishalar va to‘kilgan ichimliklar orasida, hojatxona yonida behush holatda yotgan yenotni ko‘rgan. Hayvon do‘konga shiftdagi plitalardan biri orqali tushib, spirtli ichimliklar saqlanadigan javonlarni ag‘darib yuborgan. U rom, viski, aroq va boshqa ichimliklarni tatib ko‘rgan bo‘lishi mumkin.

Yenotni hayvonlarni himoya qilish xizmati xodimlari olib ketgan. Bir necha soat dam olgach, u o‘ziga kelgan va jarohat olmagani aniqlangan. Shundan so‘ng hayvon do‘kondan taxminan 1,5 kilometr uzoqlikdagi tabiiy muhitga qo‘yib yuborilgan.

Uning hojatxona yonida uxlab yotgan surati ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqalib, yenotni mashhur qilib yubordi. Shundan keyin Virjiniya shtatidagi Xanover okrugi hayvonlarni himoya qilish va boshpana xizmati kiyim-kechak ishlab chiqaruvchi kompaniya bilan hamkorlikda «Trashed Panda» yozuvi tushirilgan futbolka, xudi, bosh kiyim, krujka va stikerlarni sotuvga chiqardi.

Do‘konda ichimlik ichayotgan yenot va uning tasviri tushirilgan kulrang xudi.

Mahsulotlarga bo‘lgan talab yuqori bo‘lgani sababli keyinchalik yozgi va Hellouin bayramiga bag‘ishlangan maxsus dizaynlar ham tayyorlandi. The Washington Post nashrining 2026 yil 12 noyabrdagi xabariga ko‘ra, bir yilga yaqin vaqt ichida ushbu savdodan 290 ming dollardan ortiq mablag‘ tushgan. Bu boshpananing odatdagi yillik xayriya mablag‘laridan ancha ko‘p — muassasa bir yilda 20 ming dollardan kam xayriya olar edi.

To‘plangan mablag‘ning bir qismi hayvonlarni himoya qilish xizmati xodimlari uchun bodi-kameralar xarid qilishga yo‘naltiriladi. Bu qurilmalar hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabat holatlarini tekshirish va dalillarni qayd etishda yordam beradi. Qolgan mablag‘ning taxminan 140 ming dollari esa jarohatlangan hayvonlarni davolash uchun favqulodda yordam jamg‘armasini tashkil etishga sarflanishi mumkin.

Shunday qilib, bir kechalik «sarguzashti» bilan mashhur bo‘lgan yenot kutilmaganda yuzlab hayvonlarga yordam berishga hissa qo‘shdi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?