Afg‘onistonda erkak shifokorlarga ayollarni davolash taqiqlanmoqda, hatto shoshilinch holatlarda ham

2 daqiqa o'qish0
Afg‘onistonda erkak shifokorlarga ayollarni davolash taqiqlanmoqda, hatto shoshilinch holatlarda ham

Afg‘onistonda «Tolibon» muvaqqat hukumati erkak shifokorlarga ayol bemorlarni mahramsiz ko‘rikdan o‘tkazish va davolashni taqiqlamoqda. Cheklovlar hatto shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish holatlariga ham taalluqli. Talabni buzgan shifokorlar qamoqqa olinishi, klinikalar esa tekshiruv va reydlarga duch kelishi mumkin. Bu haqda The Guardian nashrining qo‘shma surishtiruvida xabar berildi.

Jurnalistlar Afg‘onistonning turli hududlarida yashovchi ayollar, shifokorlar va tibbiyot muassasalari xodimlari bilan suhbatlashgan. Ularning aytishicha, «Tolibon»ning ezgulikni targ‘ib qilish va illatlarning oldini olish vazirligi erkak stomatologlarga ayol bemorlarni davolashni taqiqlovchi ko‘rsatmalar bergan. Bunday cheklov rasman e’lon qilinmagan bo‘lsa-da, mamlakatning turli viloyatlarida amalda qo‘llanmoqda. Talabni buzgan shifokorlarni qamoqqa olish bilan tahdid qilish, klinikalarda reydlar o‘tkazish holatlari ham qayd etilgan.

Xususan, Hirot shahrida yashovchi 37 yoshli Farida ismli ayol tishlarini davolatish uchun xususiy klinikaga murojaat qilgan. U bir necha marta muolaja olgan va davolanish xarajatlarini oldindan to‘lagan. Biroq implant o‘rnatilishi kerak bo‘lgan navbatdagi tashrifi vaqtida klinika xodimlari muolajani davom ettira olmasligini bildirgan.

Shifokorlar bunga erkak stomatologlarga ayol bemorlarni davolash taqiqlangani sabab bo‘lganini tushuntirgan. Oradan uch oy o‘tgan bo‘lsa-da, Faridaning davolanishi yakunlanmagan.

Afg‘oniston shimolidagi davlat shifoxonalaridan birida 15 yildan beri ishlayotgan jarroh Samímning aytishicha, erkak shifokorlarga ayollarni bevosita ko‘rikdan o‘tkazish taqiqlangan. Bemorning ahvoli og‘ir yoki muolaja oddiy bo‘lishidan qat’i nazar, bu talab o‘zgarmaydi. Ayrim hollarda davolanish uchun ayolning yonida mahrami bo‘lishi yoki muolajaning muayyan qismini ayol hamshira bajarishi talab etiladi.

Cheklovlar boshqa sohalarga ham tarqalgan. Balx viloyatida 2026 yil may oyida shifoxonalar, xususiy klinikalar va tibbiyot muassasalariga ayol bemorlarni ismi bilan chaqirmaslik, ularning o‘rniga «Bibi» so‘zidan foydalanish haqida ko‘rsatma berilgani xabar qilingan. Bu talab tibbiy retseptlarga ham taalluqli ekani aytilgan.

Shuningdek, 2024 yil dekabridan boshlab afg‘onistonlik ayollarning tibbiyot institutlarida tahsil olishi ham taqiqlangan. Jurnalistlar bilan suhbatlashgan shifokorlarning aytishicha, shifoxonalarga ayol xodimlarni ishga qabul qilmaslik bo‘yicha ham ko‘rsatmalar berilgan. Faoliyat yuritayotgan ayrim ayol shifokorlardan esa ish joyiga mahram bilan kelish talab qilinmoqda.

Oqibatda afg‘onistonlik ayollar malakali tibbiy yordam olishda jiddiy qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Ayrimlari davolanish imkoniyatini topolmay, kasallik bilan yashashga majbur bo‘lsa, boshqalari malakasi yetarli bo‘lmagan tibbiyot xodimlariga murojaat qilish xavfi ostida qolmoqda.

Qayd etish joizki, 2026 yil fevral oyida «Tolibon»ning aloqa vaziri Hamdulloh Nomoni erkak shifokorlar ayol bemorlarni davolash vaqtida ular uchun mahram hisoblanishini bildirgan edi. Biroq The Guardian surishtiruvida keltirilgan shifokorlar va bemorlar hikoyalari amaldagi vaziyat bu bayonotga mos kelmasligini ko‘rsatmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?