Foto: Layfxaker
Tashvishga tushgan kishini tinchlantirish uchun muammo haqida xavotir olmaslikni maslahat berishning o‘zi yetarli emas, deydi Layfxaker.
1. «Sizga qanday yordam berishim mumkin?»
Haqiqiy yordam har qanday tinchlantiruvchi so‘zlarga qaraganda yaxshiroq. Agar kishi og‘ir sharoitga tushib qolgan bo‘lsa, unga yordam berishga harakat qiling.
Ha, bu qo‘lingizdan kelmaydigan holatlar bo‘ladi. Biroq unga yordamga kelishga tayyor ekaningizni namoyish etasiz. Shu tariqa, kelajakda sizga ishonishi mumkinligini ko‘rsatasiz.
O‘sha kishiga yordam bera olmasangiz ham kimdir uni qo‘llab-quvvatlashini bilsa, u o‘zini ancha xotirjam his etadi.
2. «Nimani his etayotganingizni tushunaman»
Biror narsa tufayli xavotirlanganingizni yodga oling. O‘sha fursatlarda o‘zingizni juda yolg‘iz his etgansiz. Yoqimsiz narsa yuz berganida mazkur vaziyat faqat biz bilan sodir bo‘ldi degan fikrga moyilmiz. Aslida esa bunday emas.
Agar xuddi shunday vaziyatni boshdan kechirgan bo‘lsangiz, o‘z tajribangizni o‘sha kishiga so‘zlab bering. U sizga ishonadi va o‘zini ancha yaxshi his etishni boshlaydi. Uni qanday yengish bo‘yicha o‘z maslahatlaringiz bilan o‘rtoqlashing. Sizning misolingizda boshiga tushgan vaziyat hal etilishi mumkinligini anglasin.
3. «Bu haqiqatan ham dahshatning o‘zginasi»
Barcha harakat va istaklaringizga qaramay, hammaga birdek yordam berishga qodir emassiz. Biroq o‘sha odamga ko‘nglini bo‘shatish imkonini berishingiz mumkin. Odamning yonida zarur vaqtda uni tinglaydigan va hamdard kishi bo‘lganining o‘zi qanday yaxshi.
Maslahat va ko‘mak berolmaysizmi? O‘sha odamning muammosini tan oling va unga ichidagilarni aytib olish imkoniyatini bering.
Shu yo‘l bilan sizga o‘z hislarini ochiq aytishi, kechinmalarini o‘rtoqlashishi mumkinligini tushunish imkoniyatini berasiz. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?