Toshkentda Malibu daraxtni urib, qahvaxonaga kirib ketdi

1 daqiqa o'qish127
Toshkentda Malibu daraxtni urib, qahvaxonaga kirib ketdi

Toshkent shahrida yuqori tezlikda harakatlangan Malibu ishtirokida og‘ir yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Kuchli zarba oqibatida avtomobil avval daraxtga, so‘ngra yo‘l chetidagi savdo shoxobchasiga borib urildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda hodisa joyidagi vayrona holat va jiddiy shikastlangan Malibu ko‘zga tashlanadi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi oqibatida kamida uch nafar fuqaro jarohat olgan.

Guvohlarning aytishicha, avtomobil katta tezlikda harakatlanayotgan vaqtda haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan. Natijada mashina avval daraxtga urilib, so‘ng trotuar orqali sirpanib ketib, qahvaxona binosiga kelib urilgan.

Hodisa ertalab soat 05:40 atrofida Yakkasaroy tumanidagi Shota Rustaveli ko‘chasida sodir bo‘lgan. Poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, Malibu haydovchisi yuqori tezlik tufayli rul boshqaruvini yo‘qotgan va avtomobil Caffelito Coffee do‘koniga kelib urilgan.

Baxtli tasodif tufayli hodisa erta tongda sodir bo‘lgani uchun trotuarda odamlar deyarli bo‘lmagan. Aks holda oqibatlar yanada og‘ir bo‘lishi mumkin edi.

Ayni vaqtda mazkur yo‘l-transport hodisasi yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Rasmiylar jabrlanganlar soni va hodisaning barcha tafsilotlariga aniqlik kiritishmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?