450 ming dollarlik ishni tashlagan o‘zbekistonlik bugun millionlik biznes egasi

450 ming dollarlik ishni tashlagan o‘zbekistonlik bugun millionlik biznes egasi

Bir paytlar dunyoning eng yirik texnologik kompaniyalarida ishlab, yiliga 450 ming dollar maosh olgan o‘zbekistonlik Salohiddin Abdulkafiy bugun butunlay boshqa yo‘lni tanlagan. U hozir AQSHning Texas shtatida faoliyat yuritayotgan halol BBQ restorani egasi sifatida muvaffaqiyat qozonmoqda.

35 yoshli tadbirkor 2024 yil dekabr oyida o‘z restoraniga asos solgan. Qisqa vaqt ichida biznesi tez sur’atlarda rivojlanib, hozirda yillik aylanmasi 2 million dollardan oshgani aytilmoqda.

Salohiddin restoran biznesiga kirishdan oldin 14 yil davomida texnologiya sohasida faoliyat yuritgan. U Microsoft, Google, YouTube va Shopify kabi dunyoga mashhur kompaniyalarda ishlagan hamda faoliyatining eng yuqori nuqtasida yiliga 450 ming dollar daromad olgan.

Biroq yuqori maosh va nufuzli lavozim unga kutilgan qoniqishni bermagan. Uning ta’kidlashicha, vaqt o‘tishi bilan texnologiya sohasidagi ishlar insonlar hayotini yaxshilashdan ko‘ra, kompaniyalar foydasini oshirishga ko‘proq xizmat qilayotgandek tuyula boshlagan.

Qizil kiyimdagi oshpaz go‘shtli taomlarni tayyorlamoqda va ko‘rsatmoqda.

“Nazarimda, ishimiz odamlar hayotini yaxshilash yoki biznesga yordam berishdan ko‘ra, ko‘proq pul ishlashga qaratilib qolgandek edi”, — deydi Salohiddin Business Insider nashriga bergan intervyusida.

Aynan shu qarashlar uni faoliyatini tubdan o‘zgartirishga undagan. Salohiddin yuqori maoshli IT karyerasini ortda qoldirib, restoran biznesiga kirishga qaror qilgan. Bugungi kunda esa u Texasdagi halol BBQ restorani orqali nafaqat muvaffaqiyatli tadbirkor, balki o‘zbekistonliklar uchun ilhom manbaiga ham aylanmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar