Inter Liverpul yarimhimoyachisi Curtis Jones transferini yakunladi

Inter va Liverpul o'rtasida Curtis Jones transferi bo'yicha kelishuvga erishildi, futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Italiyaga yo'l olmoqda. Inter ushbu transfer uchun 30 million yevro to'laydi, shuningdek 6 million yevro bonuslar ko'zda tutilgan. Curtis Jones Milan klubi bilan 2031-yilning 30-iyuniga qadar shartnoma imzolaydi va mavsumiga 3 million 500 ming yevro sof maosh oladi.
Milanning Inter klubi yarimhimoya chizigʻini kuchaytirish maqsadida ingliz futbolchisi Curtis Jones transferini rasman yakunlashga yaqin turibdi. ixbt.com maʼlumotiga koʻra, tomonlar oʻrtasidagi muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlanib, futbolchi tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun Italiyaga yoʻl olmoqda. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Qishki transfer oynasidan beri davom etib kelgan bu urinish nihoyat oʻz natijasini berdi. Neradzurrilar ushbu transfer uchun qattiq harakat qilishdi va boshqa variantlarni vaqtincha toʻxtatib turishdi. Natijada Liverpul talablari qondirilib, kelishuvga erishildi.
Transfer qiymati va moliyaviy tafsilotlar
Mazkur transfer Italiya klubi uchun arzon kechmadi. Goal.com xabar berishicha, Inter Curtis Jones uchun Liverpulga jami 30 million yevro toʻlaydi va yana 6 million yevro miqdorida bonuslar koʻzda tutilgan. Yoz boshida ingliz klubi 40 million yevro talab qilgan boʻlsa-da, muzokaralar davomida bu summa biroz pasaytirildi.Futbolchi Milan klubi bilan 2031-yilning 30-iyuniga qadar moʻljallangan uzoq muddatli shartnoma imzolaydi. Unga koʻra, ingliz yarimhimoyachisi mavsumiga 3 million 500 ming yevro sof maosh va qoʻshimcha bonuslar olib turadi.
Klub byudjetiga taʼsiri
Ushbu moliyaviy raqamlar Inter klubining yillik hisob-kitoblariga qanday taʼsir koʻrsatishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Har yilgi amortizatsiya xarajati bonuslar faollashishiga qarab oʻzgarishi mumkin boʻlgan 30 million yevrolik qiymatdan kelib chiqib, mavsumiga 6 million yevroni tashkil qiladi.Shuningdek, soliq imtiyozlarini hisobga olmaganda, futbolchining yillik yalpi maoshi taxminan 6 million 500 ming yevroga teng boʻladi. Natijada, Curtis Jonesning klub byudjetiga umumiy yillik taʼsiri taxminan 12 million 500 ming yevroni tashkil etadi.






























Izohlar 0
…