Namanganda 16 yoshli qiz daryoda bedarak yo‘qoldi

Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanida 16 yoshli qiz Norin daryosiga tushib, oqimda g‘oyib bo‘lgan. Hodisa 19 avgust kuni tonggi soat 05:15 lar atrofida sodir bo‘lgan.
Bosh prokuratura matbuot xizmati kotibi Hayot Shamsuddinovning ma’lum qilishicha, voqea “Ulug‘bek” MFY hududidan oqib o‘tuvchi daryoda yuz bergan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qizning daryoga tushib ketishiga ehtiyotsizlik sabab bo‘lgan.
Qiz Uchqo‘rg‘on tumanidagi 1-maktabning 11-sinfida tahsil olgan. Hozirda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan uni topish va qutqarish ishlari olib borilmoqda.
Voqea joyida tegishli xizmatlar tomonidan qidiruv ishlari davom ettirilmoqda. Holat yuzasidan Uchqo‘rg‘on tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv boshlangan.






























Izohlar 0
…