O‘zganing mulkini o‘zlashtirish qimmatga tushdi

O‘zganing mulkini o‘zlashtirish qimmatga tushdi
Qisqacha

S.A.ga o'zganing mulkini o'zlashtirish jinoyati uchun 2025 yil 26 noyabrda Oqoltin tuman sudi hukmi bilan 103 million 700 ming so'm jarima tayinlangan. Jarima belgilangan ixtiyoriy muddatda to'lanmagach, Majburiy ijro byurosining Sirdaryo tuman bo'limi qarzdorning mulklarini xatlagan. Natijada qarzdordan 103 million 700 ming so'm jarima hamda 5 million 185 ming so'm ijro yig'imi to'liq undirilib, ijro hujjati tamomlangan.

O‘zganing mulkini o‘zlashtirish jinoyatini sodir etgan fuqaro S.A.ga nisbatan jinoyat ishlari bo‘yicha Sirdaryo viloyati Oqoltin tuman sudining 2025 yil 26 noyabrdagi hukmiga asosan 103 million 700 ming so‘m jarima jazosi tayinlangan.

Mazkur sud hukmi ijrosini ta’minlash Majburiy ijro byurosining Sirdaryo tuman bo‘limiga yuklatilgan.

Ijro harakatlari davomida jarima puli belgilangan ixtiyoriy muddatda to‘lanmaganligi bois, majburiy ijro harakatlariga kirishilib, qarzdorning mulklari xatlandi.

Ko‘rilgan choralar natijasida qarzdordan 103 million 700 ming so‘m jarima hamda 5 million 185 ming so‘m ijro yig‘imi to‘liq undirildi.

Shu tariqa, ijro hujjati belgilangan tartibda ijro qilinib, tamomlandi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar