Qarzdorlik evaziga avtomashina xatlovga olindi

Majburiy ijro byurosining Jizzax viloyati boshqarmasi ish yurituvida bo‘lgan ATB «Aloqabank» foydasiga undiruv bilan bog‘liq ijro ishi doirasida qarzdorlikni qoplashga qaratilgan navbatdagi ta’sirchan ijro harakati amalga oshirildi.
Ijro harakatlari jarayonida qarzdorga tegishli bo‘lgan, bank oldidagi majburiyatlarni ta’minlovchi garov mulki hisoblangan «Lacetti» rusumli avtotransport vositasi aniqlanib, belgilangan tartibda xatlovga olindi.
Qarzdorlik bo‘yicha ijro hujjati talablarini ixtiyoriy ravishda bajarmaslik holatlarida qonunchilikda nazarda tutilgan majburiy ijro choralari qo‘llanilishi mumkin.
Bunda qarzdorga tegishli mol-mulkni aniqlash, xatlash va unga nisbatan undiruv qaratish kabi choralar belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Qarz majburiyati bajarilmasa — garov mulki ham undiruvdan chetda qolmaydi!




























Izohlar 0
…