Hozirgi kunda Toshkent shahrida joylashgan P.F.Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji Jasurbek Ibrohimov fojiasi sababli tillarga tushdi. Endi har ikki gapning birida mana shu qotillik va kollej bir-biriga bog‘lanaveradi.
Oldin xabar berganimizdek, marhum Jasurbek Ibrohimov va gumondor Islombek To‘laganov ushbu kollej o‘quvchilari bo‘lishgan. “Qalampir.uz” saytining xabar berishicha, mazkur tibbiyot kolleji direktori Lutfi Yo‘ldoshevna Yusupova o‘z arizasiga binoan ishdan olingan.
Lutfi Yusupova ta’lim dargohida 33 yildan beri faoliyat yuritib kelgan bo‘lib, oxirgi 10 yildan buyon kollejga rahbarlik qilib kelayotgan edi. Kecha, 5 iyun kuni o‘sha voqea sabab Lutfi Yusupovadan ishdan bo‘shash haqidagi arizasi olingan.
Shu kuni, ya’ni Lutfi Yusupova vazifasidan ozod etilgunga qadar “Qalampir.uz” sayti muxbirlari undan eksklyuziv interyu olishga ulgurgan edi. Mazkur intervyuni tez orada saytimizda e’lon qilamiz.
Eslatib o‘tamiz, P.F.Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji o‘quvchisi Jasurbek Ibrohimov joriy yilning 3 may kuni o‘z kursdoshlari tomonidan kaltaklangan. Keyin esa 5 marta jarrohlik amaliyotini boshidan o‘tkazib, joriy yilning 1 iyun kuni olamdan o‘tgandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin