Surxondaryoda 5-sinf o‘quvchisi qo‘shnisining Spark'ini haydadi

Surxondaryoda 5-sinf o‘quvchisi qo‘shnisining Spark'ini haydadi

Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida 5-sinf o‘quvchisi qo‘shnisiga tegishli Spark avtomobilini boshqargani aniqlandi. U hatto bu jarayonni videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylagan.

Viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, voqea 19-maktab o‘quvchisi bilan bog‘liq bo‘lib, video internetda keng muhokamalarga sabab bo‘lgan.

Shundan so‘ng, YHXB xodimlari bola va uning onasi bilan profilaktik suhbat o‘tkazib, tegishli choralarni ko‘rgan.

Onasi o‘g‘lining avtomobil haydaganidan bexabar bo‘lganini aytgan. U farzandi mashinalarga qiziqishi va o‘zidan katta bolalarga havas qilishini bildirgan. Shuningdek, o‘g‘lini ingliz tili va matematika to‘garaklariga qatnatayotganini aytib, uning tarbiyasiga yanada jiddiy e’tibor qaratishini ma’lum qilgan.

O‘quvchi esa qilmishidan afsusda ekanini bildirib, bunday holatni boshqa takrorlamaslikka va’da bergan. U tengdoshlarini ham yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishga chaqirgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar