Qashqadaryolik yana bir o‘quvchi SAT imtihonida maksimal 1600 ballni to‘plab,barchani hayron qoldirdi

Qashqadaryolik o‘quvchilar xalqaro ta’lim maydonida yuqori natijalarni qayd etishda davom etmoqda. Bu safar Qarshi shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchisi Xushnudbek Nosirov SAT xalqaro imtihonidan maksimal — 1600 ball olishga muvaffaq bo‘ldi.
SAT — xorijiy oliy ta’lim muassasalariga, ayniqsa AQSH universitetlariga hujjat topshirishda qo‘llaniladigan standartlashtirilgan imtihonlardan biri. Unda o‘quvchilarning matematika hamda o‘qish va yozish bo‘yicha bilimlari baholanadi. Imtihonda eng yuqori natija 1600 ballni tashkil etadi.
Xushnudbekning bu yutug‘i Qashqadaryo ta’lim tizimi uchun ham quvonarli yangilik bo‘ldi. E’tiborlisi, u viloyatda SAT imtihonidan maksimal natija qayd etgan yagona o‘quvchi emas.
Avvalroq Koson tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi Murodjon Halimov ham SAT'dan 1600 ball to‘plagan edi.
Shunday qilib, Qashqadaryoning ikki nafar maktab o‘quvchisi nufuzli xalqaro imtihonda eng yuqori natijani qayd etdi. Bu esa yoshlarning bilim olishga bo‘lgan intilishi va xalqaro miqyosda raqobatlasha olish salohiyatini namoyon etadi.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…