Toshkentda tungi to‘qnashuv: Toyota va Tracker-2 ko‘prikda urilishdi

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida Toyota va Tracker-2 rusumli avtomobillar ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Bu haqda Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, to‘qnashuv 12 oktyabr kuni soat 23:10 atrofida Ahmad Donish ko‘chasidagi ko‘prik ustida ro‘y bergan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2007 yilda tug‘ilgan M.J. Toyota rusumli avtomobilni boshqarib ketayotgan vaqtda oraliq masofani saqlamagan. Natijada u shu yo‘nalishda harakatlanayotgan, 1980 yilda tug‘ilgan N.A. boshqaruvidagi Tracker-2 avtomobili bilan to‘qnashgan.
Qayd etilishicha, har ikki haydovchi ham hodisa joyida qolgan va hushyor holatda bo‘lgan. Yo‘l-transport hodisasi natijasida tan jarohati olganlar yoki halok bo‘lganlar yo‘q.
Ayni vaqtda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






























Izohlar 0
…