Samarqandda besh nafar o‘quvchi YTHga uchradi, biri halok bo‘ldi

1 daqiqa o'qish17
Samarqandda besh nafar o‘quvchi YTHga uchradi, biri halok bo‘ldi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Samarqand viloyatining Toyloq tumanida 15-maktabning besh nafar sakkizinchi sinf o‘quvchisi bo‘lgan Lacetti avtomobilining daraxtga urilishi oqibatida bir bola vafot etdi.
  • Hodisa 13 noyabr kuni soat 01:30 atrofida o‘quvchilardan biri avtomobilni boshqarishi natijasida sodir bo‘lgan.
  • Jabrlangan qolgan o‘quvchilarga tibbiy yordam ko‘rsatilib, uyiga javob berilgan.
  • Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Samarqand viloyatining Toyloq tumanida besh nafar sakkizinchi sinf o‘quvchisi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Lacetti avtomobilini boshqargan o‘quvchi yo‘l yoqasidagi daraxtga urilib ketgan. Halokat oqibatida bolalardan biri shifoxonada vafot etdi, deb xabar beradi Gazeta.

Hodisa 13 noyabr kuni taxminan soat 01:30 da, qishloq tashqarisidagi yo‘lda yuz bergan. Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ma’lum qilishicha, avtomobilda bo‘lgan bolalarning barchasi 15-maktab o‘quvchilari bo‘lgan.

Yo‘l-transport hodisasidan keyin jabrlangan o‘quvchilar shifoxonaga olib borilgan. Ulardan biri shifoxonada vafot etgan. Qolgan bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatilib, uyiga javob berilgan.

Viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, avtomobilni o‘quvchilardan biri boshqargan. U yo‘l chetidagi tut daraxtiga borib urilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari davom etmoqda.

Maqolada keltirilishicha, O‘zbekistonda voyaga yetmagan bolalarga avtomobil boshqarishga ruxsat berish bilan bog‘liq qoidabuzarliklar ham uchrab turadi. Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi boshlig‘i Murodbek Sherliyev 2025 yilda 14–16 yoshli bolalarga avtomobilni boshqarishga berish bilan bog‘liq qariyb 2500 ta holat aniqlanganini ma’lum qilgan. Bu holatlar oqibatida 44 kishi halok bo‘lgan, 101 kishi jarohatlangan.

Shu yilning 25 mayida, so‘nggi qo‘ng‘iroq kuni mamlakat bo‘ylab o‘quvchilar avtomobil boshqargan 238 ta holat qayd etilgan.

Bundan tashqari, fevral oyida Toshkentda 10-sinf o‘quvchisi boshqargan BMW avtomobili YPX inspektorini urib yuborgan. Inspektor ushbu YTH oqibatida vafot etgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?